Xames ortiq "Real"da o'ynamaydi, u "Atletiko"ga o'tishi mumkin

Alisher
7 avg 2020, 15:37
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan ishonch bildirmayotgan yarim himoyachi Xames Rodriges tez orada klubini o'zgartirishi mumkin.

29 yoshli kolumbiyalik futbolchi fransiyalik mutaxassisdan 5 iyul kuni bo'lib o'tgan "Atletiko"ga qarshi o'yinda unga xordiq chiqarish imkoniyatini so'ragan.

Zidan esa o'z o'yinchisi istagini qondirdi va shu bilan birga unga boshqa imkoniyat bermaslikka qaror qildi.

Shunday ekan, Xames "qaymoqranglilar" safidagi so'nggi o'yinini o'tkazgan va o'ziga yangi klub izlamoqda. Uning bo'lajak klubi "Atletiko" bo'lishi ehtimoldan yiroq emas. Xavbekka shuningdek PSJ va "Arsenal" klublari ham qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS