Xames jarohat oldi, u qachon safga qaytadi?

26 avg 2019, 20:50
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesning o'ng oyoq mushaklari shikastlandi.

"Real" tiklanish muddati haqida rasmiy ma'lumot bermadi. AS nashrining ma'lum qilishicha, jarohatdan forig' bo'lish uchun 2-3 hafta kerak bo'ladi. 

Xames LaLiganing 2- turida "Valyadolid"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan va 2017 yildan beri birinchi marta "qirollik klubi" libosini kiygandi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: realmadrid.com