"Verona" yarim himoyachisi Emil Xallfredsson yaqinda "Napoli"ga o'tib ketgan Jorjinoni o'rnini to'ldirish qiyin bo'lishini ma'lum qildi.
"Bizga Jorjino yetishmayapti. U bilan birga uch yarim yil o'ynadim, shu bois albatta uning o'rni bilinmoqda. Biroq tarkibimizda uni o'rnini to'ldira oladigan o'yinchilar bor", - deydi islandiyalik futbolchi.