Xabi Alonsoning "Real" bosh murabbiyi etib tayinlanganidan keyingi ilk fikrlari

Sherzod Nurmatov
27 may 2025, 19:52
"Real"ga yangi tayinlangan bosh murabbiyi Xabi Alonso Madrid klubi vakillari oldida birinchi nutqi irod etdi.

"Bu men uchun alohida ahamiyatga ega kun. Men bu yerda, o'zimni uyim deb bilgan joyda ekanligimdan juda xursandman. Madridistlar bilan aloqa har doim men bilan. Prezident Florentino aytganidek, bu yangi bosqichning boshlanishi ekanligini his qilyapman.

Ushbu yangi bosqich kuch, ishtiyoq va ilhom talab qiladi. "Real" muxlislari yangidan boshlash va klubni yanada buyuk qilish umidiga to'la. Ishonchingiz uchun rahmat, Florentino. Oilamga rahmat! Ota-onam, farzandlarim, aka-uka va opa-singillarimga! Men sizlardan qarzdorman", – dedi Alonso.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca