Xabi Alonso "Osasuna"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2014, 23:56
"Real" tayanch yarim himoyachisi Xabi Alonso Ispaniya kubogi doirasidagi "Osasuna"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, deya xabar bermoqda AS.
"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining takidlashicha, futbolchining sog'lig'i joyida emas. U eski jarohatidan to'liq halos bo'lib ulgurganicha yo'q. 
Biroq shuni ham aytib o'tish joizki, futbolchi umumiy guruhda, cheklovlarsiz jamoaning boshqa a'zolari bilan mashg'ulot o'tkazmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net