"Vulverxempton” portugaliyaliklarni yig'ishda davom etadi

Eldor Akmurzayev
3 avg 2019
Vulverxempton birdaniga Lacioning ikki nafar portugaliyalik futbolchilari bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Bular 19 yoshli vinger Pedru Netu hamda 20 yoshli yarim himoyachi Brunu Jordaudir. 

Mazkur kelishuvning amalga oshishida o'yinchilarning agenti Jorje Mendesh sababchi bo'lgani aytilmoqda. 

Netu o'tgan mavsum "burgutchalar" safida 5ta, Jordau esa 3ta o'yin o'tkazdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Wolves