Vulverxempton APLga qaytdi

Narzulla Saydullayev
15 apr 2018, 09:48
Vulverxempton keyingi mavsumda Angliya premer-ligasida o'ynaydi.

Kecha Fulxem Brentford bilan durang o'ynadi (1:1), endi bo'rilar musobaqa jadvalida 1-o'rindan pastga tushmaydi.

Ayni paytda uning hisobida 42ta o'yindan so'ng 92 ochko bor.

Vulverxempton so'nggi bor 2009-2013 yillarda APLda o'ynagan. Bu mavsumda klubni portugaliyalik murabbiy Nunu Eshpiritu Santu boshqardi.

Chempionshipda dastlabki ikki o'rinni olgan klublar to'g'ridan-to'g'ri APLga yo'l olishadi. Keyingi to'rt o'rinni egallagan klublar pley-off orqali yana bir yo'llanma sohibini aniqlashadi. 

ANGLIYA CHEMPIONSHIP MUSOBAQA JADVALI

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia