

"LaLiga klubiga o'tganimdan xursandman, bu dunyoning eng kuchli chempionatlaridan biri, klubning 100 yillik tarixi bor. Bu men uchun sharaf.
Ilk marta Yevropada yashayman. Tushunaman, madaniyatlarimiz o'rtasida farq katta. Mahalliy odatlarni o'rganishga tayyorman. Hamma yerda bosim bor. Bu meni harakatlantiradigan narsa. Yevropaga Xitoyda ham kuchli futbolchilar borligini isbotlamoqchiman" - deydi yarim himoyachi.
So'nggi mavsum Vu Ley Xitoy chempionatining 29ta o'yinida 27ta gol urdi.



