Vrsalko "Atletiko"ni erkin agent maqomida tark etdi. Himoyachi klubda 2016 yildan beri o'ynayotgandi

Alisher
1 iyul 2022, 11:34
"Atletiko" himoyachi Shime Vrsalkoning ketishini e'lon qildi.

30 yoshli Xorvatiya terma jamoasi o'yinchisi Madrid klubini shartnoma muddati yakunlangani sabab tark etdi.

Vrsalko "Atletiko"da 2016 yildan beri o'ynayotgandi, u faqatgina 2018/19 yilgi mavsumni ijara asosida "Inter"da o'tkazgan.

Futbolchi "Atletiko" tarkibida 2021 yilda La Ligani va 2018 yilda Yevropa Ligasida g'olib chiqqan. U madridliklar tarkibida 100ta o'yin o'tkazdi.

Qayd etish kerakki, futbolchi endilikda faoliyatini Gretsiyaning "Olimpiakos" klubida davom ettiradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com