"Volfsburg" Niko Kovachni iste'foga chiqardi

Alisher
17 mar 2024, 16:13
"Volfsburg" bosh murabbiyi Niko Kovach o'z lavozimini tark etdi.

Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti ma'lum qildi. 

"Volfsburg" kecha bo'lib o'tgan Bundesliga 26-tur doirasidagi "Augsburg" (1:3)ga qarshi uydagi o'yinda mag'lub bo'ldi. Jamoa ketma-ket uchinchi o'yinda mag'lubiyatga uchradi.

52 yoshli xorvat 2022 yilning yozidan beri "Volfsburg"ni boshqarayotgandi. "Bo'rilar" 26 turdan so'ng 25 ochko bilan Bundesligada 14-o'rinni egallab turishibdi, jamoani quyi ligaga tushib ketish hududidan 7 ochko ajratib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: vfl-wolfsburg.de