Vodiydagi finalni vodiylik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2018, 08:31
28 oktyabr kuni Farg'ona shahridagi muhtasham – “Istiqlol” stadionida O'zbekiston kubogi-2018 final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Finalda AGMK hamda “Paxtakor” jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.  

Mazkur uchrashuvni andijonlik Temur To'xtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Anvar Marajabov hamda Ziyodullo Abdurahmonov yordam berishadi. Zaxiradagi hakam – Olim To'ychiboev.  

O'zbekiston kubogi-2018 final
28 oktyabr. Farg'ona. “Istiqlol” stadioni.  
AGMK – “Paxtakor”
Bosh hakam: 
Temur To'xtasinov
Qanot hakamlari: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov
Zaxira hakami: Olim To'ychiboev

Ta'kidlab o'tamiz, Mamlakat kubogining hal qiluvchi o'yini, bugun 28 oktyabr kuni Farg'ona shahridagi muhtasham – “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi. Final uchrashuvi soat 15:00da start oladi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia