"Vodiy futboli": Klublar 21-tur o'yinlarini nechida boshlashadi?

Narzulla Saydullayev
10 sen 2015, 15:15
Vodiy klublari 12 sentyabr kuni 21-tur o'yinlarini o'tkazishadi.

"Navbahor": "Dinamo"ga qarshi o'yin 17:00da boshlanadi

Namanganning "Navbahor" klubi 21-turni 12 sentyabr kuni Samarqandda "Dinamo"ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. 

Yoshlar ligasi doirasidagi o'yin esa 11 sentyabr kuni 16:30da start oladi. 


"Neftchi": Jamoamiz Jizzaxga yo'l oldi 

Farg'onaning "Neftchi" klubi navbatdagi turni safarda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazadi. Bu o'yin soat 18:00ga belgilangan. 

Jamoalarning yoshlari o'rtasidagi bahs esa bir kun oldin 16:30da boshlanishi ma'lum qilindi. 


"Qo'qon-1912": "Mashal"ga qarshi bahs 16:30ga belgilandi

Oliy liganing 21-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" uchrashuvi 12 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Qo'qondagi bahs soat 16:30ga belgilandi. 

Yoshlar o'rtasidagi o'yin bir kun oldin bo'lib o'tadi. Bu uchrashuv 16:00da start oladi. 


"Andijon": "Qizilqum" bilan o'yin vaqtlari ma'lum

Bosh murabbiyni almashtirgan "Andijon" klubi 21-turni o'z maydonida "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi. 

Uchrashuv 12 sentyabr kuni "Sog'lom Avlod" stadionida soat 17:00da boshlanadi. Bir kun oldin bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi uchrashuv soat 16:00ga belgilangan. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia