"Vodiy futboli": 20-turda barcha klublarda mag'lubiyat

Narzulla Saydullayev
27 avg 2015, 17:11
Kecha oliy liganing 20-turida vodiyning to'rtala klubi ham mag'lub bo'ldi.
"Andijon": "Buxoro"ga yutqazdik

Oliy liganing 20-turida "Andijon" klubi safarda "Buxoro"ga yutqazdi - 1:2. "Burgutlar" safida yagona golni Anvar Berdiev urdi.

"Andijon" hisobida 14 ochko bor va jamoa 15-o'rinda bormoqda.


"Qo'qon-1912": O'z maydonimizda "Olmaliq"qa yutqazdik

20-turda Igor Shkvirin boshchiligidagi "Olmaliq" klubini qabul qilgan Rustam Abdullaev jamoasi 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.

"Qo'qon-1912" jamoasi 17 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda.


"Navbahor": Yubiley o'yinda "Bunyodkor"ga yutqazdik

Namanganning "Navbahor" klubi oliy ligadagi o'zining 700-uchrashuvini o'tkazdi. "Bunyodkor"ga qarshi kechgan bahsda 0:1 hisobi qayd etildi.

20ta o'yinda 25 ochko to'plagan "lochinlar" musobaqa jadvalining 9-o'rinida qolishdi.


"Neftchi": Muborakda mag'lub bo'ldik

Oliy liganing 20-turini Muborakda o'tkazgan "Neftchi" klubi 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. O'yinda farg'onaliklar safida yagona golni Sherzod Hakimov urdi.

36 ochkoga ega "Neftchi" musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia