Vladimir Kozak 23talik ro'yxatdan tushib qoldi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2015, 19:47
O'zbekiston terma jamoasining Yaman va Filippinga qarshi o'yinlar uchun tarkibi ma'lum bo'ldi.

Bosh murabbiy yig'inga 30 nafar futbolchini taklif etgan va ularning 7 nafariga javob berilishi ma'lum edi. Oldinroq Aleksandr Merzlyakov, Odil Hamrobekov, Sherzod A'zamov, Shuhrat Muhammadiev, Farruh Sayfiev va Ilhom Shomurodov terma jamoa lagerini tark etgandi. Yana bir nafar futbolchi ro'yxatdan tushib qolishi ma'lum edi. Bugungi 23talik tarkib e'lon qilindi. Undan "Paxtakor" yarim himoyachisi Vladimir Kozak o'rin olmagan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Yaman uchrashuvi 3 sentyabr kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia