Vladimir Gavrilovni tabriklaymiz

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2020
Bugun sobiq hujumchi, hozirgi vaqtda "Oq-tepa" jamoasi sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan Vladimir Gavrilovning tug'ilgan kuni.

O'z vaqtida birinchi ligada 100dan ortiq gol urgan kam sonli futbolchilardan biri, bugungi kunda Pro liganing doimiy va yetakchi klublaridan biriga aylangan "Oq-tepa"ning sport direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan, jamoaning ravnaqi uchun tinmay mehnat qilayotgan Gavrilov 38 yoshga qadam qo'ydi. Biz saytimizning barcha xodimlari va muxlislari nomidan Vladimir Gavrilovni tavallud kuni bilan tabriklaymiz! Uzoq umr, baxt-saodat tilaymiz.

Ma'lumot o'rnida.

Vladimir GAVRILOV

Tug'ilgan sanasi: 11.07.1982

Tug'ilgan joyi: Toshkent

O'ynagan klublari: "Akademiya" (2001 yil), "Guliston" (2002-2003 yillar), "Lokomotiv" (2003 yil), "Qizilqum

(2004 yil), "Andijon" (2005 yil), "Oq-tepa" (2005 yil), "Metallurg" (2006 yil), "Oqt-epa" (2007-2010 yillar), "Xorazm" (2011 yil), "Guliston" (2012 yil).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia