Vitaliy Levchenko Tojikiston MTJni boshqaradimi?

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2023, 13:34
Tojikistonning GOALTJ portali Vitaliy Levchenko bilan bog'lanib, uning Tojikiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Farg'ona viloyati hokimi bilan uchrashdim. Klub bilan shartnomam yakunigacha, yani yil oxirigacha shu yerda bo'laman.

Agar Tojikiston futbol federatsiyasining xohishi bo'lsa, mavsum oxirida muzokaralarni boshlashimiz mumkin", – dedi mutaxassis.

Vitaliy Levchenko qo'l ostidagi "Neftchi" ayni paytda 25 ochko to'plab, 3-pog'onani egallab turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: goal.tj