Vitaliy Denisov "Rubin"ga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2019, 22:05
BIZNES Online nashri xabariga ko'ra, o'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov yozda Qozonning Rubin klubiga ko'chib o'tadi.

Futbolchi allaqachon Qozonda tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.

Iyun oyida 32 yoshli futbolchining Lokomotiv bilan shartnomasi tugaydi va erkin agentga aylanadi. O'tgan mavsumni Denisov Krilya Sovetovda ijarada o'tkazdi. Futbolchimiz Rossiya chempionatida 17ta uchrashuvda maydonga tushib bitta golli pas berdi.

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi 2013 yilda Ukrainaning Dnepr klubidan Lokomotivga ko'chib o'tgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia