Vitaliy Denisov mashg'ulotlarga qaytdi

Mirjalol Normatov
3 okt 2018, 20:47
"Krilya Sovetov" futbolchilar Moskvaning "Dinamo" jamoasiga qarshi uchrashuv uchun navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi.

"Ushbu mashg'ulotning umumiy guruhida himoyachilar Taras Burlak va Vitaliy Denisov ham ishtirok etdi", - deb xabar beradi "Volga.News" nashri.

Vatandoshimiz o'tgan oyning o'rtalarida mashg'ulotlarda jarohat olib, safdan chiqqandi. Shu boisdan u bir necha uchrashuvlarda qatnashmadi. U "Samara Arena"da bo'ladigan "Krilya Sovetov" - "Dinamo" uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: volga.news