Vinisius "Real"dan ketishni istagani yo'q

Sherzod Nurmatov
23 may 2023, 12:51
Hujumchi Vinisius Junior "Valensiya"ga qarshi o'yinda (0:1) irqchilik mojarosidan keyin "Real"ni tark etmaydi.

"Qaymoqranglilar" ham futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Yaqin kunlarda futbolchi va klub o'rtasidagi shartnoma 2027 yilgacha uzaytirilishi e'lon qilinadi.

Hujumchi joriy mavsum La Ligada 32 ta o'yinda 10 ta to'p kiritdi va 9 ta golli pas uzatdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Vinisiusning oilasi yuzaga kelgan vaziyat tufayli, Ispaniyadan ketish haqida jiddiy o'ylayotgani aytilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano