Vinisius Messiga yetib oldi

Khoja
11 apr 2024
Vinisius Junior Chempionlar ligasi pley-off o'yinlaridagi assistlar soni bo'yicha Lionel Messiga yetib oldi.

Chorak final doirasidagi Real Madrid – Manchester Siti (3:3) uchrashuvida 23 yoshli braziliyalik vinger ikkita assistga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Vinisiusning pley-offlardagi assistlari soni 12taga yetib, u bu borada Barselona sobiq hujumchisi Lionel Messiga yetib oldi.

Real o'yinchisi bu natijaga 25 o'yinda erishgan bo'lsa, argentinalik hujumchi YCHLdagi 77 o'yinda 12ta assist qayd etgan.

Ma'lumot uchun, Ronaldu YCHL pley-off bahslarida 67 o'yinda 15ta golli uzatmaga erishgan. 


KhojaMuallif
Manba: championat.com