Vinisius Kolumbiya bilan o'yinda jarohat oldi

Omonjon To`xtamirzayev
17 noya 2023, 16:38
Braziliya termasi vingeri Vinisius Junior JCH-2026 saralashi doirasidagi Kolumbiyaga qarshi o'yinda (1:2) jarohat oldi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida Juniorning o'rniga Joao Pedro maydonga tushirildi. Zaxiraga olingan "Real" futbolchisining chap soniga muz bog'lab qo'yilgandi.

Jarohat qanchalik jiddiyligi hozircha ma'lum emas. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia