Vinisius "El Klasiko"da Ronaldu va Messi ham qila olmagan ishni uddaladi

Omonjon To`xtamirzayev
15 yanv 2024, 15:50
Xabaringiz bor, tunda Ispaniya Superkubogi finalida "Real Madrid" va "Barselona" ro'baro kelishdi.

"Real" vingeri Vinisius Junior birinchi bo'limning o'zida "Barselona" darvozasini uch marta ishg'ol etishni uddaladi. 

Braziliyalik 7, 10 va 39-daqiqalarda raqib darvozasiga yo'l topa oldi. Bu XXI asrda "El Klasiko" tarixidagi eng tezkor xet-trik hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia