Vinisius "Barsa" bilan o'yindan so'ng Alonsodan uzr so'ragan

Administrator
6 noya 2025
"Real" Vinisius Juniorning klasikodagi erta almashtiruvga nisbatan munosabati masalasini hal bo'lgan deb bilmoqda.

Vinisius Junior Alonsodan uzr so'radi. Madrid klubi qanot hujumchisi La Ligadagi "Barselona"ga qarshi o'yinda (2:1) almashtirilganiga keskin munosabat bildirdi va Xabi Alonso bilan qo'l berib ko'rishmadi. Keyinchalik braziliyalik uzr so'radi, biroq bayonotida bosh murabbiy nomini tilga olmadi.

COPE xabar berishicha, Vinisius chorshanba kuni jamoadan uzr so'raganidan keyin Alonso bilan shaxsan suhbatlashgan. "Real" o'yinchilari va murabbiylar shtabi qanot hujumchisining uzrini qabul qilishdi - biroq braziliyalik futbolchining nima uchun ijtimoiy tarmoqlardagi postida bosh murabbiyni tilga olmagani hamon noma'lumligicha qolmoqda.

Takidlanishicha, "Real" futbolchilari fikriga ko'ra, matbuot sodir bo'lgan voqeaga jamoa ichidagiga qaraganda ko'proq e'tibor qaratmoqda.


AdministratorMuallif
Manba: COPE