"Vilyarreal" bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2016, 10:40
"Vilyarreal" rahbariyati kutilmagan qaror qabul qildi.

"Sariq suvosti kemasi" Garsiya Toral LaLiganing yangi mavsumi boshlanishiga bir hafta qolganida iste'foga chiqarildi. Bu haqda "Vilyarreal" matbuot-xizmati e'lon qildi. Qaror sababi e'lon qilinmayapti.

Toral bilan birga jamoani uning yordamchilari Ruben Uria va Ismoil Fernandes ham tark etdi. Toral qo'l ostidagi "Vilyarreal" so'nggi mavsumda Yevropa ligasining yarim finaligacha yetib bordi, Ispaniya chempionatida esa 4-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com