“Villyarreal” prezidenti: “Real”ga qarshi oxirigacha kurashamiz”

Narzulla Saydullayev
11 sen 2013
“Villyarreal” klubi prezidenti Fernando Roig, Ispaniya chempionati 4-turidan o'rin olgan “Real”ga qarshi o'yindan nimalar ko'tayotganligi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

“Real”ga qarshi uyimizda o'ynayotganligimizdan mamnunmiz. Klub yuzini erga qaratmaslikka harakat qilishimiz kerak. Biroq klublarning moliyaviy ahvolini matematik jihatdan hisoblaydigan bo'lsak, klublarimiz o'rtasidagi farq 10 x 1ga to'g'ri keladi.

Lekin futbolchilar maydonga tushishganida hech qanday moliyaviy ahvol haqida o'ylashmaydi. Futbolda 11 o'yinchiga qarshi 11 ta o'yinchi maydonga tushadi. Shuning uchun “Villyarreal”ning 11 ta o'yinchisi natijaga erishish uchun maydonda harakatlanishadi.

Biz “Real”ga qarshi tengma-teng bahs olib boramiz”, - deya fikrini yakunladi Roig.

Eslatib o'tamiz, “Villyarreal” – “Real” bahsi 16 sentyabr Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru