Villian Braziliyaga qaytishi mumkin

Alisher
24 avg 2021, 11:53
"Arsenal" vingeri Villan joriy mavsumda hali o'ynamadi va Braziliyaga qaytishi mumkin.

"Kanonirlar" ayni damda "Korintians" bilan muzokaralar olib borishmoqda. Gap 33 yoshli futbolchining tekinga transferi haqida ketayotgan bo'lishi mumkin.

Muammo shundaki, "Korintians" Villianga haftasiga 150 ming funt to'lashga tayyor emas. Futbolchi bugungi kunda taxminan shuncha maosh oladi.

Villian "Arsenal"ga bir yil oldin erkin agent maqomida o'tgandi. Futbolchi barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal