Villian APL tarixiga kirdi

2 iyul 2020, 08:43
“Chelsi” APL 32-turi doirasida “Vest Xem”ga qarshi bahsda (2:3) mag'lubiyatga uchradi.

“Aristokratlar“ jamoasi safidagi 2 ta golga ham Villian mualliflik qildi. Braziliyalik futbolchi bitta golini jarima zarbasidan, bittasini esa penaltidan urishga erishdi. Natijada Villian APLda bitta o'yinda ham jarima zarbasi, ham penaltidan gol urgan so'nggi 4 yildagi ilk o'yinchi bo'ldi. Avvalgi natija ham “Chelsi” futbolchisiga tegishli edi. Sesk Fabregas aynan “Vest Xem”ga qarshi 2016 yilgi bahsda shunday natijaga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta