Viktor Valdes "Barselona" yoshlar jamoasini boshqaradi

Alisher
16 iyul 2019
"Barselona" tarbiyalanuvchisi hamda sobiq darvozaboni Viktor Valdes o'zining sobiq klubiga qaytadi.

37 yoshli sobiq futbolchi murabbiylik faoliyatini tanladi va "ko'k-anorranglilar"ning yoshlar jamoasini boshqaradigan bo'ldi.

Viktor Valdes "Barselona" tarbiyalanuvchi hisoblanadi. U kataloniyaliklar tarkibida 2014 yil yoziga qadar faoliyat ko'rsatgan. Yarim yildan so'ng esa erkin agent maqomida MYU bilan shartnoma tuzgan.

U 2016/17 yilgi mavsumda "Midlsbro"da o'ynaganidan  so'ng faoliyatini yakunlagan edi.

Oldinroq, qataloniyaliklar prezidenti Xosep Mariya Bartomeu ham uni klub murabbiylar shtabiga qo'shish maqsadida muzokaralar olib borilayotganligini tasdiqlagan edi.


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo