Viktor Kashshai hakamlik faoliyatini yakunladi

Alisher
30 dek 2020, 12:00
Vengriyalik hakam Viktor Kashshai faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

"Yangi chaqiriqlar sabab 30 yillik hakamlik faoliyatimni yakunlamoqdaman. Futboldan ketishni xohlamayman, sababi oxirgi vaqtlarda sport menejmentini o'rgandim.

Bu sohada muvaffaqiyat qozonishimga umid qilaman", - deydi 44 yoshli hakam.

Kashshai 2011 yilda Yevropa chempionlar ligasining finali doirasidagi "Barselona" - "Manchester Yunayted" (3:1) o'yinini boshqargan.

O'sha yili Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. Kashshai shuningdek JCH-2010, Evro-2012 va Evro-2016 kabi musobaqalarda ham ishlagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: jatekvezetes.mlsz.hu