Veynaldum nega “Barsa” emas, PSJni tanlaganini tushuntirdi

Eldor Akmurzayev
12 iyun 2021
Parijliklar yangi futbolchisi Jorjino Vaynaldumning “Barselona”ga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi.

“Bir necha hafta davomida “Barselona” bilan muzokara olib bordik, ammo klub oxirgi qadam tashlamadi. Barchasini aniq va tezroq hal qilishni uddalagan PSJ paydo bo'ldi.

“Barselona”ga “yo'q” deyish qiyin bo'ldi, chunki ular menga birinchilardan bo'lib qiziqish bildirgan klub edi. Biroq, PSJning sport loyihasi meni ko'proq ishontirdi va qoniqtira oldi.

Bu qiyin qaror edi. “Barselona” va PSJ – ikki buyuk klub, u yerda ham bu joyda ham o'ynashni istardim. Ammo qabul qilgan qarorimdan mamnunman”, deydi Veynaldum.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport.es