Veynaldum faoliyatidagi eng qiyin raqibi kim bo'lganini aytdi

Alisher
28 mar 2020, 12:37
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum faoliyati davomida qaysi o'yinchiga qarshi o'ynashga qiynalganini aytdi.

"Andres Guardado. 2014 yilgi JCHda Meksika bilan o'yinda juda issiq edi va o'sha kunda u mening raqibim edi.

Juda issiq kun edi, ammo u shunchaki yugurishda davom etardi. Men uchun bu juda qiyin edi, bundan tashqari u haqiqatdan ham yaxshi futbolchi.

U to'p bilan ajoyib tarzda muomala qiladi. Uni to'xtatish men uchun katta muammoga aylangandi. Kuchli issiq tufayli odatdagidan ko'ra qiyinroq bo'ldi, ammo yakunda biz g'alaba qozondik", - deb eslaydi Veynaldum.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal