"Vest Xem" Raysni deyarli 95 mln evroga sotishga tayyor

Alisher
15 iyul 2021, 12:14
"Vest Xem" o'z yarim himoyachisi Deklan Raysni 95 million evroga sotmoqchi.

O'yinchi uchun "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari da'vogarlik qilmoqda. Qayd etish kerakki, "bolg'a urarlar" yarim himoyachini ushbu transfer oynasida saqlab qolishmoqchi.

O'yinchining jamoa bilan tuzgan shartnomasi bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

22 yoshli Rays o'tgan mavsum APL doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Eurosport