"Vest Xem" Raysni 100 mln funtdan kamiga sotmaydi

Alisher
24 fev 2021, 18:23
"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays transfer oynasida katta talabga ega bo'lmoqda va mavsum yakunida klubini o'zgartirishi mumkin.

London klubi 22 yoshli angliyalik yarim himoyachi bilan ma'lum miqdordagi pul evaziga xayrlashishga tayyor.

Gap katta ehtimol bilan 100 million funt haqida ketmoqda. "Vest Xem" bundan kamiga o'yinchini sotmaydi.

"Chelsi" va MYU qiziqayotgan futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: talksport.com