"Vest Xem" Meksika terma jamoasi futbolchisini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2017, 14:46
"Vest Xem" "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Xaver Ernandes (Chicharito)ni Premer-ligaga qaytarmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, London klubi yozda hujum chizig'i vakilini xarid qilmoqchi va Chicharito ularning asosiy nishoni.

"Vest Xem"dagilarning fikricha, "Bayer" 29 yoshli forvardni sotishga rozi bo'lishi mumkin, chunki futbolchi va nemis klubi o'rtasidagi bitim kelasi yil yakuniga etadi.

Chicharito "Bayer" safida hozirgacha 76 ta uchrashuvda maydonga tushib, 39 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN FC