"Vest Xem" "Manchester Yunayted" darvozabonini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
31 mar 2018
"Vest Xem" Jo Xartning o'rniga "Manchester Yunayted" darvozaboni Sem Jonstonni sotib olmoqchi.

"The Mirror" nashri xabariga ko'ra, "bolg'achilar" ushbu mavsum yakunlanganidan keyin MYU darvozabonini sotib oladi.

25 yoshli futbolchi ayni damda "Aston Villa" jamoasi tarkibida ijarada harakat qilmoqda. "Vest Xem" futbolchining transferi uchun 4 mln funt to'lashi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror