Vertongen "Tottenxem"ni tark etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
22 may 2020, 23:11
Himoyachi Yan Vertongen "Tottenxem"dan ketishga yaqin.

30 iyun kuni futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi yakunlanadi.

Belgiyalik himoyachi agar "Tottenxem" tomonidan ikki yillik shartnoma va haftasiga 70 ming funt maosh taklif qilinsa, jamoada qoladi. Biroq klub hali bu shartlarga rozi emas.

Ma'lumot uchun, 33 yoshli Vertongen 2012 yildan beri "shporlar" sharafini himoya qilib keladi.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN