"Verona" ustozi: "Yuventus"ga atigi bir imkoniyat berdik"

Mirjalol Normatov
28 fev 2021
"Verona" bosh murabbiyi Ivan Yurich "Yuventus"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. Unchalik yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Sifatliroq va yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. Ammo xatolarsiz o'ynab bo'lmaydi. Biz o'z potencialimizning 30 foizinigina ko'rsata olayapmiz.

"Yuventus"ga faqatgina bir imkoniyat berdik. Garchi tarkibda Keza va Ronaldu kabi futbolchilar o'ynasa-da, ularni yaxshi ko'riqlay oldik.

O'yin davomida to'pga ham egalik qila oldik, yaxshi qarorlar ham chiqarildi. O'yin sifatini oshirib, yaxshi natijalar qayd eta olamiz", - dedi Yurich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal