Venger: "Remsining "Barselona"ga ketishi haqidagi mish-mishlar o'ylab topilgan"

Aslanov Jasurbek
23 may 2015, 12:43
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa futbolchilari Aaron Remsi va Teo Uolkottning klubdan ketishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Barcha futbolchilar "Arsenal"da qolmoqchi. Bu borada menda havotir yo'q. Remsining "Barselona"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar? Buni jurnalistlar o'ylab topgan. Uolkott? Teo - o'zgacha futbolchi. U ruhiy muammolar bilan kurashdi va hozir hammasi joyida" - deydi Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com