Venger: "Obameyyang mashg'ulot o'tkazdi, ammo o'zini yaxshi his qilmadi"

Aslanov Jasurbek
2 fev 2018, 16:41
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoaning yangi futbolchisi Per-Emerik Obameyyangning "Everton"ga qarshi bahsda "to'pchilar" safida debyut qilishi imkoniyati haqida gapirdi.

"U mashg'ulotlarni kecha boshladi, ammo o'zini yaxshi his qilmadi. Tibbiy shtab bilan maslahatlashaman.

Obameyyang va Mxitaryan juftligi? Biz hujumkor jamoamiz, shu sababli - ha, ularning "Borussiya"dagi o'zaro tushunib o'yinashi qayta tiklanishiga umid qilaman" - deydi Venger.

28 yoshli gabonlik transfer oynasining so'nggi kunida 63 mln. evro evaziga "Borussiya"dan "Arsenal"ga o'tdi. Joriy mavsum hujumchi "arilar" tarkibida Bundesliganing 16ta uchrashuvida 13ta gol urdi.

"Arsenal" va "Everton" o'rtasidagi bahs 3 fevral kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express