Venger: "Hech bo'lmaganda "Arsenal" bir ochkoga ega bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
21 may 2015, 10:14
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Sanderlend"ga qarshi o'tgan Angliya chempionati 33-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Biz gol ura olmadik, "Sanderlend" yaxshi himoyalandi. Ular bugungi ochko bilan Premer-liganing xavfli o'rinlaridan qutilib qolishdi. MYUga qarshi o'yinda hisobni tenglashtirish uchun ko'p kuch sarfladik, shu sabab bugun biroz kuch yetishmadi. Hech bo'lmaganda bir ochkoga ega bo'ldik.

Angliya Kubogi finaliga tayyorlanish uchun etarli vaqtimiz bor. Biz g'alabaga erishamiz deb o'ylayman" - deydi Venger.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com