Venger Fergyusonga yetib oldi

Narzulla Saydullayev
29 dek 2017, 08:38
Arsenal bosh murabbiyi Arsen Venger kecha APLda o'zining 810-uchrashuvini o'tkazdi.

Kecha London klubi 20-turida Kristal Pelas bilan o'ynadi (3:2).

Venger Manchester Yunayted sobiq ustozi Aleks Fergyusonning APLda o'yin o'tkazish bo'yicha rekordini takrorladi.

Fransiyalik murabbiy 1996 yilda kanonirlar bosh murabbiyi bo'lgandi. Navbatdagi o'yin Vengerni APLning mutloq rekordchisiga aylantiradi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive