Vaskes "Real"ning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etdi

Alisher
5 yanv 2021, 09:38
Madridning "Real" klubi vingeri Lukas Vaskes klubning yangi shartnoma borasidagi taklifiga rad javobini berdi.

Futbolchini "qaymoqranglilar" bergan taklif qoniqtirmadi. Ayni damda tomonlar o'rtasidagi muzokaralar to'xtagan.

Vaskes oldin bir necha bor "Real"da qolish xohishini bildirgan edi. Shu bilan birga o'yinchi "qirollik klubi" bilan har qanday shartlar asosida bitimni uzaytirmoqchi emas.

29 yoshli ispaniyalik futbolchining "Real" bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca