Vaskes "Real"ning shartnomani uzaytirish borasidagi so'nggi taklifiga rad javobini berdi

Alisher
1 apr 2021, 17:16
Madridning "Real" klubi vinger Lukas Vaskes bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmadi.

"Qaymoqranglilar" o'z tarbiyalanuvchilariga so'nggi taklifni berishdi, ammo u qabul qilmadi. Shunday ekan, ispaniyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanadi.

Vaskes faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. Oldinroq, "Bavariya" o'yinchi bilan muzokaralar o'tkazayotgani ma'lum bo'lgandi.

29 yoshli vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ABC