

"Hech qachon bundanda chiroyli gol urmagan edim. Bu yoqimli, ammo birinchi navbatda jamoaga uch ochko olishda yordam berganim uchun xursandman. Minole ko'pincha oldinga chiqishini sezib qoldim. Marez to'pni juda ajoyib uslubda uzatganidan so'ng, zarba berishga qaror qildim va omadim keldi" - deydi Vardi.



