Vardi: "Hech qachon bundanda chiroyli gol urmagan edim"

Aslanov Jasurbek
3 fev 2016, 15:49
"Lester Siti" hujumchisi Jeymi Vardi "Liverpul"ga qarshi Premer-liganing 24-tur uchrashuvida urgan golini faoliyatidagi eng chiroylisi deb atadi.

"Hech qachon bundanda chiroyli gol urmagan edim. Bu yoqimli, ammo birinchi navbatda jamoaga uch ochko olishda yordam berganim uchun xursandman. Minole ko'pincha oldinga chiqishini sezib qoldim. Marez to'pni juda ajoyib uslubda uzatganidan so'ng, zarba berishga qaror qildim va omadim keldi" - deydi Vardi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports