Vardi APLdagi gollar bo'yicha Drogbani ortda qoldirdi

Eldor Akmurzayev
13 sen 2020, 21:20
APL ilk turidan o'rin olgan “Vest Bromvich” – “Lester” uchrashuvida mehmonlar yirik hisobda (3:0) zafar quchishdi.

O'yinda o'z hisobiga dubl rasmiylashtirgan “tulkilar” forvardi Jeymi Vardi musobaqadagi jami gollari sonini 105 taga etkazib oldi. Vardi mazkur ko'ratkich bo'yicha Dide Drogbani (104 gol, 254 bahsda) ortda qoldirdi va bunga ivuarlik hujumchidan ancha tezroq (212 bahsda) erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua