Vardi Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2018, 18:31
"Lester Siti" hujumchisi Jeymi Vardi Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi va bor e'tiborini klubga qaratadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 31 yoshli futbolchi bu haqda milliy jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeytga ma'lum qildi. Vardi o'z qarorini oilasi bilan ko'proq vaqt o'tkazmoqchiligi bilan izohladi.

Vardi 2015 yilning mayida Angliya terma jamoasida debyut qilgan edi. Hujumchi milliy jamoa safida 26ta o'yin o'tkazib, 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian