Van Persi bir necha oyni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 sen 2017, 16:10
"Fenerbaxche" va Gollandiya terma jamoasi hujumchisi Robin Van Persi bir necha oyni o'tkazib yuborishi kutilyapti.

34 yoshli hujumchi jahon chempionati saralashi doirasida Fransiya bilan  bo'lib o'tgan  o'yinda tizzasidan jarohat oldi. Jarohat jiddiy ekanligi ma'lum bo'ldi.

Uning tizza osti mushagi uzilgani taxmin qilinmoqda va tashxis natijalari ma'lum bo'lgandan so'ng qo'shimcha tibbiy muolaja oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com