

"Yoshroq bo'lganimda men ham Klopp kabi edim, ammo hozir 64 yoshdaman va o'z tuyg'ularimni boshqara olaman. Arbitrlar hakamning qarorining o'zgartirishga urinayotgan muxlislar va murabbiylarning maydon chetida o'zini qanday tutishiga e'tibor bermaydi. Har bir murabbiyi o'z falsafasiga ega. Faoliyatimni boshlaganimda men ham Klopp qilgan ishlarni bajarganman. Maydon chetidagi harakatlaringiz o'yinga ta’sir ko'rsatadim deb o'ylamayman.
1995 yilda Chempionlar ligasi finalida "Ayaks" va "Milan" to'qnash kelgan edi, biz 1:0 hisobida yutayotgan edik va hakam Litmanenga qarshi qo'pollik ishlatishgani uchun penalti bermagan, o'shanda jahlda arbitrga qoida qanday buzilganini karate uslubida ko'rsatganman va zaxira hakamning yuziga zarba berishimga bir bahya qolgan. O'shandan so'ng bunday harakat qilmaslik kerakligini tushundim" - deydi van Gal.



