
Oldinroq "PSV Eyndxoven" "qizil iblislar"ning Depayga bo'lgan qiziqishini tasdiqlagan edi.
Xabarlarga ko'ra, futbolchi o'z agenti bilan Angliyaga kelgan va mavsum yakunlanganidan so'ng o'z klubini o'zgartirmoqchi. Depayga MYUdan tashqari PSJ ham qiziqish bildiryapti.
21 yoshli hujumchi Gollandiya chempionatining 27ta uchrashuvida 20ta golga mualliflik qilgan.